Loyihamiz köngillilari Qaşqadaryo viloyatining Koson tumanida böldi. Biz «Istiqlol» va «Uşoqtepa» mahallalariga bordik hamda odamlar gavjum joylarda bepul yuridik yordam haqidagi flayerlarni tarqatdik.
Mahalla xodimlari bilan uçraşuv
Mahallalarda xodimlar va faollar bilan uçraşib, loyihamiz nima bilan şuğullanişini va bizga qanday murojaat qiliş mumkinligini tuşuntirdik.
Mahallani bejiz tanlamadik: oilaviy nizo, iş haqi yoki uy-joy masalasida odamlar köpinça birinçi bölib şu yerga keladi. Endi mahalla xodimlari bunday fuqarolarni bizga yönaltirişi mumkin.
Köçalarda flayer tarqatdik
Gavjum köçalarda yölovçilarga flayer tarqatdik. Unda bizga murojaat qilişning ikki yöli körsatilgan:
- legalbridge.uz sayti
- Telegramdagi @adolatkoprigi_bot
Qanday yordam oliş mumkin
Murojaat qoldiriş bepul.
Savolingizni özbek yoki rus tilida yozasiz, uni hamkor yuristimiz yoki yuridik klinika körib çiqadi va javob beradi. Quyidagi sohalardagi savollarni qabul qilamiz:
- mehnat;
- oila;
- uy-joy;
- fuqarolik huquqi va boşqa sohalar.
Bunday safarlar biz uçun muhim: bepul huquqiy yordam haqida internetdan kam foydalanadigan, tuman va qişloqlarda yaşaydigan odamlar ham bilişi kerak.
Bizni iliq kutib olgan «Istiqlol» va «Uşoqtepa» mahallalari xodimlariga minnatdorçilik bildiramiz.